11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Garnachoning kelajagi noaniq bo’lsa-da, Manchester United mashg’ulotlariga qaytdi

Garnachoning kelajagi noaniq bo’lsa-da, Manchester United mashg’ulotlariga qaytdi

ESPN xabariga ko’ra, Alejandro Garnacho yakka tartibda mashq qilayotganidan so’ng, Manchester Unitedning Carringtondagi mavsumoldi mashg’ulotlarida jamoadoshlari bilan birga qatnashishga ruxsat oldi.

21 yoshli qanotchi o’yinchiga Premier-liga, Italiya Seriya A va Germaniya Bundesligasi klublari qiziqish bildirmoqda. Ruben Amorim qo’l ostidagi murakkab mavsumdan so’ng, uning Old Trafforddagi kelajagi noaniq qolmoqda.

Manchester United Premier-ligada 15-o’rinni egalladi — klubning eng yomon natijasi — va Yevropa Ligasi finalida Tottenham Hotspurga 0:1 hisobida mag’lub bo’ldi. Final o’yinida asosiy tarkibga kiritilmagan Garnacho yangi jamoa izlash istagini bildirdi.

“Ba’zi o’yinchilar, masalan Mason Mount, Bilbaoga qarshi o’yinga kirib, vaziyatni o’zgartirdi. Bilbaoga qarshi birinchi taimda katta imkoniyatni boy bergan kim? Ha, Garnacho,” deya murabbiy Amorim keskin tanqid qildi.

Murabbiy bilan munosabatlar keskinlashganiga qaramay, Garnacho 2022-yildagi debyutidan beri 57 ta o’yinda 11 ta gol urib, o’zining eng yaxshi mavsumini qayd etdi.