11.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Shviantek Benchichni mag’lub etib, faoliyatidagi birinchi Uimbldon finaliga chiqdi

Shviantek Benchichni mag’lub etib, faoliyatidagi birinchi Uimbldon finaliga chiqdi

Dunyoning to‘rtinchi raqamli tennischisi, polshalik tennischi Iga Shviantek “Uimbldon–2025”ning ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari yarim finalida shveycariyalik Belinda Benchichni mag‘lub etdi.

1 soat 11 daqiqa davom etgan o‘yin 6:2, 6:0 hisobida Shviantek foydasiga hal bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Shviantek ikkita eysni bajardi, ikkita qo’sh xato qildi va oltita breyk-poynning to’rttasini ochkoga aylantirdi. Benchich hech qanday eysga ega bo’lmadi, bitta qo’sh xato va ikkita breyk nuqtasining hech birini yuta olmadi.

Finalda Iga amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi kortga chiqadi.