10.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Karlo Anchelotti Ispaniyada soliq tovlamachilik ishi bo’yicha qamoqqa hukm qilindi

Karlo Anchelotti Ispaniyada soliq tovlamachilik ishi bo’yicha qamoqqa hukm qilindi

Madrid viloyat sudi Braziliya milliy terma jamoasi murabbiyi Karlo Anchelottiga soliq tovlamachilik bo’yicha qamoq jazosini tayinladi, deya xabar bermoqda BBC Sport.

Real Madridning sobiq murabbiyi — 2013-2015 yillarda Los Blankos bilan ishlagan birinchi davrida 1 million yevro (taxminan 19 million dollar) miqdoridagi soliqlarni to’lamaganligi aniqlandi.

66 yoshli murabbiy bir yillik qamoq jazosidan tashqari, 386.361,93 yevro (taxminan 7,3 million dollar) jarima to’lashi kerak.

ESPN xabar berishicha, prokurorlar dastlab qattiqroq jazo talab qilishgan:

  • To’rt yillik qamoq
  • 3,2 million yevro (taxminan 60,8 million dollar) jarima

Ayblov Anchelotti faqat Real Madriddagi maoshini ko’rsatib — Ispaniya soliq deklaratsiyasida o’zining imij huquqlaridan kelgan daromadlarini yashirgani uchun qo’yilgan.