09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Apellyatsiya qanoatlantirilganidan keyin “Lion” Liga 1da qoladi

Apellyatsiya qanoatlantirilganidan keyin “Lion” Liga 1da qoladi

Fransiyaning “Lion” klubi futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha Fransiya milliy direksiyasining (DNCG) qaroriga ko‘ra, Liga 1dagi o‘rnini saqlab qoldi, klub apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Bu haqda «Lion» rasmiy sayti xabar berdi.

“Bugungi qaror “Lion”ga bo’lgan ishonchni tiklash yo’lidagi birinchi qadamdir. Endi biz bor e’tiborimizni keyingi mavsumga to’liq tayyorlab, sport maqsadlariga qaratishimiz mumkin”, – deyiladi bayonotda.

Oldinroq “Lion” moliyaviy hisobotlarni buzgani uchun Liga 2ga tushirilishi haqida xabar berilgandi. Keyinroq klub qaror ustidan apellyatsiya berdi. Jamoa o’tgan mavsumda Liga 1da oltinchi o’rinni egalladi.