09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin – Tavolieri

Lionel Messi “Inter Mayami” bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin – Tavolieri

“Inter Mayami”ning 38 yoshli hujumchisi Lionel Messi Saudiyaning ba’zi klublari unga faol qiziqish bildirayotganiga qaramay, Amerika klubi bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda taniqli insayder Sasha Tavolieri X ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi . Messining “Inter Mayami” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha amal qiladi.

Eslatib o’tamiz, Lionel 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da to’p surmoqda. Bungacha u “Barselona” va “PSJ”da o’ynagan. Ko’k-anorranglilar tarkibida Messi 10 marta Ispaniya chempionligini qo’lga kiritdi, etti marta mamlakat kubogi g’olibiga aylandi, shuningdek, to’rt marta UEFA Chempionlar ligasida g’olib chiqdi. PSJ bilan argentinalik Fransiya chempioniga aylandi. Parij klubi futbolchisi sifatida Messi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.