09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid va PSJ o’yini Lamin Yamalning Oltin To’pga imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin

Real Madrid va PSJ o’yini Lamin Yamalning Oltin To’pga imkoniyatlariga ta’sir qilishi mumkin

Sport.es ma’lumotiga ko’ra, MetLife stadionida, Nyu-Jersida o’tkaziladigan FIFA Klublar jahon chempionati 2025 yarimfinali doirasida Real Madrid va Pari Sen-Jermen o’rtasidagi o’yin — Barselona yulduzining Oltin To’p  poygasidagi imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Lamin Yamal — Barselona safida ajoyib o’yin ko’rsatayotgan 17 yoshli futbolchi — AQShdagi bu jahon turnirida jamoasi ishtirok etmayotgan bo’lsa-da, nufuzli sovrinning asosiy nomzodlaridan biriga aylandi.

Bugun kechki Real Madrid va PSJ o’rtasidagi o’yin 2025-yilgi Oltin T’op musobaqasiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi kutilmoqda — nomzodlar kelgusi oyda e’lon qilinadi, mukofotlash marosimi esa Paridagi Theatre du Chatelet’da o’tkaziladi.