09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Juha Kankkunen Rally Finlandiyada Toyotaning vodorod rally avtomobilini boshqaradi

Juha Kankkunen Rally Finlandiyada Toyotaning vodorod rally avtomobilini boshqaradi

Toyota rasmiy ma’lumotlariga ko’ra, WRCning to’rt karra jahon chempioni va Toyota jamoasining o’rinbosar rahbari — Juha Kankkunen 31 iyuldan 3 avgustgacha bo’lib o’tadigan Rally Finlandiyada eng yangi vodorod bilan ishlaydigan rally avtomobilini boshqaradi.

Finlandiyaning Jyvaskyla shahrida joylashgan Toyota WRC jamoasi qarorgohida ishlab chiqilgan GR Yaris Rally2 H2 Concept Harju bosqichida o’z debyutini amalga oshiradi. Avtomobil siqilgan vodorod yoqilg’isi bilan ishlaydigan ichki yonuv dvigatelidan foydalanadi.

Toyota bu texnologiyani taxminan uch yil oldin Ypres Rally Belgiumda namoyish etgan edi. O’shandan beri konsepsiya yanada rivojlanib, hozirgi holatiga yetib keldi.

Toyotaning WRC jamoasi rahbari Jari-Matti Latvala ham standart GR Yaris Rally2 bilan Rally Finlandiyada ishtirok etadi. WRCning 18 karra g’olibi o’tgan yili WRC2 sinfida ikkinchi va umumiy hisobda oltinchi o’rinni egallagan.

“Men GR Yaris Rally2ni Janni Hussi bilan birga boshqarib, 20-Rally Finlandiyani boshlashdan juda ham hayajonlanyapman. Katta tug’ilgan kunni vatanimiz musobaqasida nishonlash fin rallisi an’anasi hisoblanadi, shuning uchun 40 yoshga to’lgan yilimda bu maxsus yutuqni amalga oshirishga ruxsat bergani uchun Akio Toyodaga minnatdorchilik bildiraman,” dedi Latvala.