09.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Alkaras Norrini ishonchli tarzda mag’lub etib, Uimbldon 2025 yarim finaliga chiqdi

Alkaras Norrini ishonchli tarzda mag’lub etib, Uimbldon 2025 yarim finaliga chiqdi

“Katta Dubulg’a” turkumiga kiruvchi besh karra chempion va dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras hozirda chempionlik unvoniga ega bo’lgan “Uimbldon”ning yarim finaliga chiqdi.

Chorak finalda Alkaras (2) dunyoning 61-pog‘onasida borayotgan britaniyalik Kemeron Norrini 6:2, 6:3, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. O’yin 1 soat 41 daqiqa davom etdi. Alkaras uchrashuvda 13 ta eys bajardi va 4 maratoba qo’sh xatoga yo’l qo’ydi. Raqibi esa, 3 eys va 3 marotoba qo’sh xato muallifiga aylandi.

 

“Uimbldon-2025” yarim finalida Alkaras dunyoning 5-o’rindagi amerikalik Teylor Fritsga (5) raqiblik qiladi.