08.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Aryna Sabalenka Laura Zigemund ustidan g’alaba qozonib, 2025 yilgi Uimbldon yarim finaliga yo’l oldi

Aryna Sabalenka Laura Zigemund ustidan g’alaba qozonib, 2025 yilgi Uimbldon yarim finaliga yo’l oldi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Arina Sabalenka “Uimbldon-2025” musobaqasining yarim finaliga chiqdi.U chorak finalda germaniyalik Laura Zigemundni (WTA reytingida 104-o‘rin) 4:6, 6:2, 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 2 soat 53 daqiqa davom etdi. Uning davomida Sabalenka ikki marta eys bajardi, to’rtta qo’sh xato qildi va qo’lga kiritgan 12 breyk-poyntdan 7 tasini yuta oldi. Zigemund hech qanday eysga ega bo’lmagan, beshta qo’sh xato va to’plagan 11 ta breyk-poyntdan 6 tasini ochkoga aylantirgan.

Sabalenka final yo’llanmasi uchun Amanda Anisimova (AQSh) – Anastasiya Pavlyuchenkova (Rossiya) uchrashuvi g’olibi bilan kuch sinashadi.