07.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Uimbledon-2025 chorak finalida Alkaras britaniyalik Kemeron Norriga qarshi o’ynaydi. yana o’tamiz, Karlos maysazorning amaldagi chempioni

Uimbledon-2025 chorak finalida Alkaras britaniyalik Kemeron Norriga qarshi o’ynaydi. yana o’tamiz, Karlos maysazorning amaldagi chempioni

“Real Madrid”ning sobiq yordamchi murabbiyi, Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottining o’g’li Davide Anchelotti “Botafogo”ga rahbarlik qiladi.

Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano Ge Globo nashriga tayanib xabar berdi. Manbaga ko’ra, Davide klubning barcha shartlariga rozi bo’lgan. Oldinroq klub 35 yoshli italiyalikga 2026 yilning dekabrigacha shartnoma taklif qilgani malum bo’lgandi.

Qayd etish kerakki, bu Davidening birinchi mustaqil ishi bo‘ladi. Bungacha italiyalik futbolchi “Real”da otasining murabbiylar shtabida, keyin esa Braziliya terma jamoasida ishlagan. Eslatib o’tamiz, 30 iyun kuni “Botafogo” klublar o’rtasidagi JCH-2025 1/8 finalida “Palmeyras”dan uchralgan mag’lubiyatdan so’ng (0:1 d.v.) portugaliyalik mutaxassis Renatu Payva bosh murabbiylikdan chetlatilganini e’lon qilgan edi.