05.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Chelsi” “Real” hujumchisi uchun 40 million evro to’lashga tayyor – Sport.es

“Chelsi” “Real” hujumchisi uchun 40 million evro to’lashga tayyor – Sport.es

“Chelsi” “Real”ning 21 yoshli hujumchisi Gonsalo Torresga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko’ra, London klubi hujumchi Nikolas Jeksonga o’rinbosar sifatida ko’rilayotgan ispaniyalik futbolchining transferi uchun 40 million yevro to’lashga tayyor.

Ta’kidlanishicha, “qaymoqranglilar” Gonsaloni ingliz grandiga sotishi mumkin, shu bilan birga qaytarib sotib olish opsiyasi ham mavjud. “Qirollik klubi” hujumchisi bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilish 50 million evroga ko’rsatilgan.

Gonsalo klublar o’rtasidagi jahon chempionatida to’rtta o’yinda maydonga tushib, uchta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 8 million yevroni tashkil qiladi.