05.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arne Slot Diogo Jota bilan fojiali halokat oldidan so’nggi suhbatini aytib berdi

Arne Slot Diogo Jota bilan fojiali halokat oldidan so’nggi suhbatini aytib berdi

Murabbiy Arne Slot Liverpul hujumchisi Diogo Jotaning to’satdan vafot etganidan chuqur qayg’uda ekanligini bildirdi — futbolchi kecha Ispaniyada avtohalokatda halok bo’ldi.

Fojia Zamora yaqinidagi A-52 yo’lining 65-kilometrida sodir bo’ldi — Jota va uning ukasi bo’lgan Lamborghini boshqa mashinani quvib o’tayotganda shinasi yorilgan. Mashina yo’ldan chiqib, to’siqqa urilgan va yonib ketgan, tirik qolganlar yo’q.

O’tgan mavsum boshidan Jota bilan ishlab kelayotgan Slot bu voqeadan larzaga tushganini tan oldi. Gollandiyalik murabbiy o’zining asosiy o’yinchisi bilan so’nggi suhbatini esladi.