03.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ayollar o’rtasidagi Yevropa chempionatining satrt oldi

Ayollar o’rtasidagi Yevropa chempionatining satrt oldi

Ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining 14-turiga start berildi. Turnir Shveytsariyada bo’lib o’tmoqda. Unda to‘rt guruhga bo‘lingan 16 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Ayollar o‘rtasidagi Yevropa chempionatining 2 iyul kungi o‘yinlari natijalari:

“A” guruhi. Islandiya – Finlyandiya – 0:1; “A” guruhi. Shveysariya – Norvegiya – 1:2.

Ayollar futboli bo‘yicha amaldagi Yevropa chempioni Angliya terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilgi Yevropa chempionati finalida ingliz ayollari Germaniya terma jamoasini 2:1 (d. t.) hisobida mag‘lub etishdi. Turnir Angliyada bo’lib o’tdi.