03.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Naomi Osaka Katerina Siniakovani mag’lub etib, Uimbldonning uchinchi bosqichiga chiqdi

Naomi Osaka Katerina Siniakovani mag’lub etib, Uimbldonning uchinchi bosqichiga chiqdi

Reytingning 53-pog‘onasidagi yaponiyalik Naomi Osaka chexiyalik tennischi Katerina Siniakovani (81-o‘rin) 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etib, “Uimbldon-2025”ning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Uchrashuv 1 soat 17 daqiqa davom etdi. O’yin davomida Naomi Osaka ikkita eys amalga oshirdi, bitta ikkitali xatoni amalga oshirdi va ettitadan to’rtta breyk-poyntni ochkoga aylantirdi.

“Uimbldon–2025”ning uchinchi bosqichida Naomi Osaka amerikalik Eshlin Kruger va rossiyalik tennischi Anastasiya Pavlyuchenkova o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.