03.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Karlos Alkaras ishonchli tarzda Uimbldon-2025ning uchinchi bosqichiga chiqdi

Karlos Alkaras ishonchli tarzda Uimbldon-2025ning uchinchi bosqichiga chiqdi

“Katta Dubulg’a” turkumiga kiruvchi besh karra chempion va dunyoning ikkinchi raqamli ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras “Uimbldon”da o’z unvonini himoya qilishda davom etmoqda.

Alkaras (2) jahon reytingida 733-o‘rinni egallab turgan britaniyalik Oliver Tarvetni (Q) 6:1, 6:4, 6:4 hisobida mag‘lub etib, uchinchi davraga yo‘l oldi. Alkaras va Tarvet o’rtasidagi uchrashuv 2 soat 17 daqiqa davom etdi.

Bahs davomida Karlos uch marta eys amalga oshirdi, to’rtta qo’sh xato qildi va olingan 10 ta breyk-poyntdan 6 tasini ochkoga aylantirdi. Oliver bitta eys va ikkita xatoga yo’l qo’ydi va 11 tadan 2 ta breyk yasadi.

Alkarasning Uimbldondagi navbatdagi raqibi Feliks Oje-Aliassim (Kanada, 25) va Yan-Lennard Struff (Germaniya) o’rtasidagi o’yin g’olibi bo’ladi.

Alkaras Uimbldonning ikki karra chempioni (2023, 2024).