02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Aryna Sabalenka Uimbldonda uchinchi bosqichga yo’l oldi

Aryna Sabalenka Uimbldonda uchinchi bosqichga yo’l oldi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi, belaruslik Aryna Sabalenka turnirning ikkinchi davra uchrashuvida chexiyalik tennischi Mari Bouzkovani (48-o‘rin) 7:6 (7:4), 6:4 hisobida mag‘lub etib, “Uimbldon-2025”ning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi.

Tennischilar kortda 1 soat 37 daqiqa vaqt o’tkazishdi. Aryna Sabalenka o’yinda beshta eys amalga oshirdi, uch marta to’p oshirishda qatorasiga ikki marta xatoga yo’l qo’ydi. Sabalenka to’rtta breyk-poyntning ikkitasini yuta oldi. Mari Bouzkova ikkita eys amalga oshirdi, birorta ham qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ymadi va o‘yin davomida qo‘lga kiritgan yagona breyk nuqtasini ochkoga aylantira oldi.