02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Medison Kiz Uimbldon-2025ning ikkinchi bosqichida Olga Danilovichni mag’lub etdi

Medison Kiz Uimbldon-2025ning ikkinchi bosqichida Olga Danilovichni mag’lub etdi

2025-yilgi Australian Open chempioni, jahonning 8-raqamli tennischisi amerikalik Medison Kiz “Uimbldon-2025”ning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. U ikkinchi davrada serbiyalik Olga Danilovichni (37-o‘rin) 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuv 1 soat 15 daqiqa davom etdi. O’yin davomida Kiz uch marta eys ko’rsatdi, ettita qo’sh xato qildi va olingan 10 ta breyik-poyntdan uchtasidan foydalana oldi.

Danilovich ikkita eys, to’rtta qo’sh xato va beshta  breyk-poyntdan bittasini yuta oldi.

Medison Kiz navbatdagi bahsda Leyla Fernandes (Kanada) – Laura Zigemund (Germaniya) g’olibiga qarshi bahs olib boradi.