02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Atletiko” Italiya terma jamoasining yarim himoyachisi transferini e’lon qildi

“Atletiko” Italiya terma jamoasining yarim himoyachisi transferini e’lon qildi

Madridning “Atletiko” klubi o’zining rasmiy saytida “Atalanta”dan 22 yoshli yarim himoyachi Matteo Ruggeri transferini e’lon qildi. Italiya terma jamoasi futbolchisi bilan shartnoma 2030 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan.

Avvalroq OAVda “matraschilar” Bergamo klubiga futbolchi uchun 17 million yevro to‘lagani, yana 3 million yevro bonus sifatida berilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Yarim himoyachi “Atalanta”ning yoshlar komandasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U kattalar jamoasi safida barcha musobaqalarda 109 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor qiymati 16 million yevroni tashkil qiladi.

Ruggeri Italiya terma jamoasiga mart oyidagi Millatlar ligasi o’yinlariga chaqirilgan, ammo debyut o’tkazmagan.