02.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Abu-Dabidagi UFC 321 turniri sanasi malum bo’ldi

Abu-Dabidagi UFC 321 turniri sanasi malum bo’ldi

Aralash yakkakurashlar olamidagi eng nufuzli tashkilot (UFC) 25-oktabr kuni Abu-Dabi (BAA) shahrida UFC 321 turniri bo‘lib o‘tishini rasman e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Abu-Dabida yana bir turnir bo‘lib o‘tadi – UFC on ABC 9, unda shouning asosiy jangida o‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Robert Uittaker sobiq ONE chempioni Raynier de Ridder bilan jang qiladi.

Ushbu turnirning asosiy jangida yengilmas rossiyalik Movsar Evloev Aaron Pikoga, engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni rossiyalik Petr Yan Markus MakGiga, Sharabutdin Magomedov esa Mark-Andre Barrioga qarshi jang qiladi.