01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Iga Shviantek Uimbldon-2025 musobaqasining birinchi bosqichida Polina Kudermetovani ishonchli tarzda mag’lub etdi

Iga Shviantek Uimbldon-2025 musobaqasining birinchi bosqichida Polina Kudermetovani ishonchli tarzda mag’lub etdi

Dunyoning to‘rtinchi o‘yinchisi polshalik Iga Shviantek birinchi davradagi uchrashuvida rossiyalik Polina Kudermetovani (64-o‘rin) 7:5, 6:1 hisobida mag‘lub etib, “Uimbldon-2025”ning ikkinchi bosqichiga yo‘l oldi.

O’yin 1 soat 9 daqiqa davom etdi. Uchrashuv davomida Shviantek beshta eys amalga oshirdi, ikkita qo’sh xatoga yo’l qo’ydi va uchta breyk-poyntdan foydalana oldi. Kudermetova uchta eysni bajardi, beshta qo’sh xato qildi va yagona breyk nuqtasini ochkoga aylantira olmadi.

“Uimbldon-2025″ning ikkinchi davrasida Iga Shvintek Londondagi turnirda himoyalangan reyting bilan to’p surayotgan AQSh vakili Keti Maknallyga qarshi o’ynaydi.