01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Yannik Sinner “Uimbldon-2025″ning ochilish uchrashuvida yirik g’alabaga erishdi

Yannik Sinner “Uimbldon-2025″ning ochilish uchrashuvida yirik g’alabaga erishdi

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi uch karra chempion va jahonning birinchi raqamli italiyalik tennischisi Yannik Sinner “Uimbldon-2025” musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi.

Sinner (1) birinchi davra bahsida hamyurti, dunyo reytingida 95-o‘rinda borayotgan Luka Nardini 6:4, 6:3, 6:0 hisobida mag‘lub etdi.

Sinner va Nardi o’rtasidagi bahs 1 soat 49 daqiqa davom etdi. Uchrashuv davomida Sinner to‘qqiz marta eys bajardi, ikkita qo‘sh xato qildi va qo‘lga kiritgan 13 ta breyk-poyntdan beshtasini ochkoga aylantirdi. Nardi uchta eys, beshta qo’sh xato va breyk-poyntga ega bo’lmadi.

Sinnerning Uimbldondagi navbatdagi raqibi dunyoning 93-raketkasi avstraliyalik Aleksandr Vukich bo’ladi.