01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Monako” Ansu Fati transferini e’lon qildi

“Monako” Ansu Fati transferini e’lon qildi

“Monako” futbol klubi “Barselona”dan ispaniyalik vinger Ansu Fati transferini rasman e’lon qildi. Futbolchi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha monegaskliklar safida ijara asosida o’ynaydi. Shartnomada futbolchini to’liq sotib olish imkoniyati ham ko’zda tutilgan.

“Monako” kelajakda Fatini 11 million yevroga sotib olishi mumkinligi haqida avvalroq xabar berilgandi. Fati yangi jamoasida 31-raqamda harakat qiladi.

O’tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 11ta o’yin o’tkazib, gol ura olmagan. Oldinroq “Barselona” futbolchining mehnat shartnomasini 2028 yilning yoziga qadar uzaytirgandi.Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko’ra, futbolchining bozor narxi 5 million yevroni tashkil qiladi.