01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

«Manchester Siti» «Al-Hilol»ga 3:4 hisobida yutqazib, mundialdan chiqib ketdi

«Manchester Siti» «Al-Hilol»ga 3:4 hisobida yutqazib, mundialdan chiqib ketdi

Orlandodagi (AQSh) “Camping World” stadionida “Manchester Siti” – “Al-Hilol” klublari o‘rtasidagi jahon chempionati 1/8 final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng Saudiya klubining 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Jamoalar asosiy vaqtda 2:2 hisobida durang o‘ynashdi. “Siti” safida Bernardu Silva va Erling Xoland gol urishdi. Saudiyaliklar safida Markos Leonardo va Malkom gol urishdi.

Qo’shimcha bo’limlarda Kalidou Kulibali va Markos Leonardo “Manchester Siti” darvozasini ishg’ol qilishdi (g’alaba goli), inglizlar safida Fil Foden gol urishdi. Shu tariqa, “Al-Hilol” “Fluminense” bilan o‘ynaydigan turnirning chorak finaliga yo‘l oldi.