01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

Alkaras “Uimbldon-2025″ning birinchi davrasida 38 yoshli Fognini besh setda mag’lub etdi

Alkaras “Uimbldon-2025″ning birinchi davrasida 38 yoshli Fognini besh setda mag’lub etdi

“Katta Dubulg’a” turkumiga kiruvchi besh karra chempion, jahonning 2-raqamli ispaniyalik tennischisi Karlos Alkaras “Uimbldon-2025″ning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi. Alkaras turnirning o’tgan yilgi g’olibi hisoblanadi.

Birinchi davra bahsida Alkaras (2) dunyoning 138-raketkasi, 38 yoshli italiyalik Fabio Fogninini 7:5, 6:7 (5:7), 7:5, 2:6, 6:1 hisobida mag’lub etdi. Alkaras va Fognini o’rtasidagi uchrashuv 4 soat 27 daqiqa davom etdi. Uning davomida Karlos 14 marta eys amalga oshirdi, to‘qqizta qo‘sh xato qildi va olingan 15 ta breyk-poyntdan 7 tasini o’z foydasiga hal qildi.

Fabio bitta eys, to’qqizta qo’sh xato va 21 tadan 5 ta breyk-poyntga yerishdi.