30.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Medvedev faoliyatida ilk bor “Katta dubulg’a” turnirlarida ketma-ket uchta o’yinda mag’lub bo’ldi

Medvedev faoliyatida ilk bor “Katta dubulg’a” turnirlarida ketma-ket uchta o’yinda mag’lub bo’ldi

2021-yilgi US Open chempioni va jahonning 9-raqamli rossiyalik tennischi Daniil Medvedev “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirdagi ketma-ket uchinchi uchrashuvida mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Bugun, 30-iyun kuni “Uimbldon-2025”ning birinchi davrasida u fransiyalik Benjamin Bonziga 6:7 (2:7), 6:3, 6:7 (3:6), 2:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Eslatib o’tamiz, Australian Open-2025 musobaqasida Medvedev ikkinchi davrada amerikalik Lohner Tyenga yutqazib qo’ygandi. Rolan Garrosning birinchi davrasida rossiyalik britaniyalik Kemeron Norriga mag‘lub bo‘ldi. Har ikki uchrashuv ham besh setda yakunlandi.