30.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Italiya terma jamoasi EuroBasket 2025 turnirida uchinchi o’rin uchun o’yinda Frantsiya termasini mag’lub etdi

Italiya terma jamoasi EuroBasket 2025 turnirida uchinchi o’rin uchun o’yinda Frantsiya termasini mag’lub etdi

29 iyun kuni Pirey shahrida (Gretsiya) “Tinchlik va do‘stlik” stadionida ayollar o’rtasida Italiya va Fransiya terma jamoalari Yevropa chempionatida uchinchi o‘rin uchun bahs bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv 69:54 (23:22, 19:14, 11:9, 16:9) hisobida Italiya terma jamoasi foydasiga hal bo’ldi. Shu tariqa, italiyaliklar turnirning bronza medali sohiblariga aylanishdi. Italiya jamoasining eng sermahsul o’yinchisi kichik hujumchi Sesiliya Zandalazini bo’ldi. U 20 ochko to’pladi, ikkita ribaund va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fransiya terma jamoasining eng sermahsul basketbolchisi hujumkor posbon Maminyan Ture bo’ldi. Uchrashuv davomida frantsuz ayol 13 ochko to’pladi, to’rtta ribaund va bitta ochkoli uzatmani ham amalga oshirdi.