28.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Kristian Mbilli Makey Suletskiy nokautga uchratdi

Kristian Mbilli Makey Suletskiy nokautga uchratdi

Fransiyalik bokschi Kristian Mbilli 27 iyun kuni Kanadada bo‘lib o‘tgan jangning birinchi raundida polshalik Makey Suletskini nokautga uchratib, supero‘rta vazn toifasida WBC yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Mag’lubiyatga uchramagan 30 yoshli Mbilli birinchi raund oxirida o’ng apperkot bilan raqibini nokautga uchratdi va Sulecki o’rnidan tursa-da, hakam jangni to’xtatdi.

Endilikda Mbilli WBC yo’nalishi bo’yicha vaqtinchalik chempion sifatida supero’rta vazn toifasida mutlaq chempion Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi jang o’tkazish huquqiga ega, biroq meksikalik uzoq vaqtdan beri federatsiyalar talablarini e’tiborsiz qoldirib, o’z raqiblarini tanlab kelmoqda.