27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Iga Sviontek WTA-ning eng yaxshi 10 nafar tennischi ustidan karerasidagi 50-g’alabasini qo’lga kiritdi

Iga Sviontek WTA-ning eng yaxshi 10 nafar tennischi ustidan karerasidagi 50-g’alabasini qo’lga kiritdi

Bugun, 27-iyun kuni dunyoning sakkizinchi raketkasi polshalik tennischi Iga Sviatek Bad-Homburgda (Germaniya) chimli kort bo‘yicha WTA-500 turnirining yarim finalida to‘rtinchi o‘rindagi italiyalik Yasmin Paolini (6:1, 6:3) hisobida mag‘lub etdi. Bu polshalik sportchining faoliyatidagi WTA reytingining kuchli 10 taligidagi tennischilar ustidan erishgan 50-g‘alabasi bo‘ldi.

Uchrashuv 1 soat 7 daqiqa davom etdi. Sviatek to’rtta eysni bajardi, to’p oshirishda ikki martalik xatoga yo’l qo’ymadi va 10 ta breyk-poyntdan beshtasini o’z foydasiga aylantirdi.