27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

“Lester Siti” van Nistelroy bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi

“Lester Siti” van Nistelroy bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi

“Lester Siti” bosh murabbiyi Rud van Nistelroy jamoani tark etdi, deb xabar berdi ingliz klubi matbuot xizmati. 48 yoshli mutaxassis bilan shartnoma o’zaro kelishuvga ko’ra bekor qilingan.

“Men “Lester Siti” futbolchilari, murabbiylari, akademiyasi va klubdagi faoliyatim davomida birga ishlagan barcha xodimlarga professionalligi va fidoyiligi uchun shaxsan minnatdorchilik bildiraman, shuningdek, muxlislarga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildiraman va fursatdan foydalanib, klubga kelgusi faoliyatida omad tilayman”, — deya van Nistelroy so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Nederlandiyalik mutaxassis 2024 yilning dekabrida jamoani qabul qilib olgandi.Uning qo‘li ostida “Lester” 27 uchrashuv o‘tkazib, 5 ta g‘alaba qozongan, 3 marta durang o‘ynagan va 19 uchrashuvda mag‘lub bo‘lgan. Jamoa premer ligada 18-o’rinni egallab, Chempionshipga tushib ketdi.