27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Jokovichning Ikki sobiq murabbiyi Uimbldondan uch kun oldin Sinner jamoasini tark etishadi

Jokovichning Ikki sobiq murabbiyi Uimbldondan uch kun oldin Sinner jamoasini tark etishadi

Fitness murabbiyi Marko Panichi va fizioterapevt Ulises Badio dunyoning birinchi raqamli tennischisi Jannik Sinner jamoasini tark etishadi, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Panichi va Badio Sinner jamoasiga 2024 yilning sentabrida Umberto Ferrara va Jakomo Naldi italiyaliklar shtabini tark etgandan so’ng qo’shilishdi. Panichi va Badio avvalroq Novak Jokovich bilan ishlagan. 

Panichi va Badioning o’rnini egallaydiganlar nomi hozircha ma’lum emas. Sinner jamoasida ayni damda murabbiylar Simone Vagnozzi va Darren Keyxill bor. Sinner  Uimbldonda osteopat Andrea Chipolla bilan birga.