27.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Novak Jokovich va Karlos Alkaras Uimbldon mashg’ulotlarida durang o’ynadi

Novak Jokovich va Karlos Alkaras Uimbldon mashg’ulotlarida durang o’ynadi

27 iyun, chorshanba kuni “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi 24 karra chempion serbiyalik Novak Jokovich “Uimbldon-2025” oldidan dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Karlos Alkaras bilan mashg‘ulot o‘tkazdi. Jokovich va Alkaras o’rtasidagi sparring-sessiya London janubi-g’arbida yomg’ir yog’ishi sababli yopiq tom ostida o’tdi. Sportchilar 45 daqiqa davomida o‘z xizmatlarini bir marta boy bermagan holda kurashdilar. Mashg’ulotlar o’yini 5:5 hisobida yakunlandi.