09.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Millatlar Ligasi finalida fojia: Allianz Arenada tomoshabin vafot etdi

Millatlar Ligasi finalida fojia: Allianz Arenada tomoshabin vafot etdi

UEFA Myunxendagi Allianz Arenada yuz bergan fojiali hodisani tasdiqladi — Portugaliya va Ispaniya o’rtasidagi Millatlar Ligasi finalida tomoshabin vafot etdi.

Noxush hodisa o’yin yakuniga yaqin paytda tomoshabinning ikkinchi qavat tribunasidan pastki o’rindiqlar qismiga yiqilib tushishi natijasida sodir bo’ldi. Tibbiy xodimlar va stadion xodimlari darhol yordam ko’rsatishdi, ammo jabrlangan shaxsning hayotini saqlab qolishning iloji bo’lmadi.

“Myunex arenasida tibbiy favqulodda vaziyat yuz berdi va tibbiyot jamoasining barcha sa’y-harakatlariga qaramay, shaxs mahalliy vaqt bilan soat 00:06 da vafot etdi,” deya UEFA bayonot berdi.

Ispaniya murabbiyi Luis de la Fuente o’yindan keyingi matbuot anjumanida hamdardlik bildirdi.

“Vafot etgan muxlis oilasiga hamdardlik bildirmoqchiman. Bu bizga hayotda nima muhimligini anglashga majbur qildi,” dedi De la Fuente.

Portugaliyaning o’yin qahramoni Nuno Mendesh ham o’z hamdardligini bildirdi — bu hodisa jamoasi g’alabasining quvonchini xiralashtirib qo’yganini ta’kidladi.

-->