09.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Portugaliya Ispaniyani penaltilar seriyasida yengib, Millatlar ligasi g’olibi bo’ldi

Portugaliya Ispaniyani penaltilar seriyasida yengib, Millatlar ligasi g’olibi bo’ldi

Portugaliya kecha kechqurun Allianz Arenada Ispaniyani penaltilar seriyasida mag’lub etib, UEFA Millatlar ligasi 2024-2025 chempioni bo’ldi.

Asosiy vaqtda o’yin 2:2 hisobi bilan yakunlandi — Selecao das Quinas penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g’alaba qozondi.

Kristianu Ronaldu 61-daqiqada tenglashtiruvchi gol urib, milliy jamoasi uchun o’z ahamiyatini yana bir bor isbotladi. Gol Nuno Mendeshning uzatmasidan so’ng ispaniyalik himoyachidan rikoshet bo’lib — to’p Ronaldoning o’ng oyog’iga qulay tushdi.

Bu g’alaba Portugaliya terma jamoasi sardori uchun uchinchi xalqaro trofey bo’ldi.

-->