08.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

AC Milan Maignan Chelsiga o’tganidan so’ng Roma darvozabonini olishga tayyor

AC Milan Maignan Chelsiga o’tganidan so’ng Roma darvozabonini olishga tayyor

Get Football News Italy xabar berishicha, AC Milan va Chelsi Mik Menyan transferi bo’yicha 18 million evrolik kelishuvga erishdi. Boshida Rossonerilar darvozabon uchun 30 million evro talab lqilishgandi.

Klublar o’rtasidagi muzokaralar sezilarli darajada rivojlandi va ‘ko’klar’ dastlab 15 million evro taklif qilgan bo’lsa, keyinchalik fransuz milliy terma jamoasi darvozaboni uchun yuqoriroq summaga rozi bo’lishdi.

Menyanning Londonga o’tishi aniq bo’lgach, Il Diavolo Rosso e’tiborini Seriya A raqibi — Roma darvozaboniga qaratdi va unga hozirgi shartnoma qiymatidan uch barobar ko’p maosh taklif qilishni rejalashtirmoqda.

-->