08.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Arsenal Chelsining darvozaboni Kepa Arrizabalagani transfer qilishga yaqin

Arsenal Chelsining darvozaboni Kepa Arrizabalagani transfer qilishga yaqin

ESPN xabariga ko’ra, Kepa Arrizabalaga Bornmutdagi ijara muddatidan so’ng Chelsidan Arsenalga 5 million funt sterlingga o’tish arafasida turibdi.

30 yoshli darvozabon — avvalroq Real Madridda ijara asosida o’ynagan Mikel Artetaning David Rayadan keyingi asosiy zaxira darvozabon lavozimiga asosiy nomzodga aylandi.

Kepaning Bornmutdagi o’yini ishonchli bo’ldi — u 35 ta o’yinda to’qqizta “quruq” o’yin o’tkazdi va jamoasining Angliya Premer-ligasida eng yaxshi oltinchi himoyaga ega bo’lishiga yordam berdi.

Arsenal avvalroq Espanyolning darvozaboni Joan Garsiани transfer qilmoqchi edi, ammo 24 yoshli futbolchi LaLigada qolib, Barselonaga o’tishni ma’qul ko’rdi. Kepaning kelishi ijara muddati tugayotgan va Bornmutga qaytayotgan Netoning o’rnini bosadi.

Kepa 2018 yilda Atletik Bilbaodan Chelsiga 80 million yevroga o’tgan edi va o’sha paytda u futbol tarixidagi eng qimmat darvozabonga aylangan edi.

-->