06.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Real Madrid River Pleyt yosh iste’dodini transfer qilishga yaqin

Real Madrid River Pleyt yosh iste’dodini transfer qilishga yaqin

Real Madrid River Plate bilan Franko Mastantuono transferi bo’yicha kelishuvga yaqin — ESPN xabar berishicha, argentinalik yosh yarim himoyachi Klublar jahon chempionatidan so’ng jamoaga qo’shiladi.

Ispaniya giganti 17 yoshli futbolchi uchun 45 million yevro to’lashga tayyor va u bilan 2031 yilgacha olti yillik shartnoma imzolanadi. Pari Sen-Jermen ham qiziqish bildirganiga qaramay, Mastantuono Santiago Bernabeu stadioniga o’tishni ma’qul ko’rgan.

Futbolchining kelishi avgust oyiga rejalashtirilgan va aynan 18 yoshga to’ladigan paytga to’g’ri keladi. Real Madridning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonso bu transferni ma’qullagan — Mastantunoni yozda jamoani tark etadigan Luka Modrichning o’rnini bosishi mumkin.

Yosh futbolchi yaqinda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni tomonidan Chili va Kolumbiyaga qarshi JCh saralash o’yinlariga chaqirildi va u La Albiselesteda debyut qilgan eng yosh futbolchi bo’lishi mumkin.

-->