05.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Simone Inzagi Al Hilolning bosh murabbiyi etib tayinlandi

Simone Inzagi Al Hilolning bosh murabbiyi etib tayinlandi

Simone Inzagi ikki yillik shartnoma asosida Al Hilolning bosh murabbiyi etib tayinlandi — bu haqda Saudiya Pro ligasi klubi tasdiqladi.

51 yoshli murabbiy Chempionlar ligasi finalida Pari Sen-Jermenda 5:0 hisobida mag’lubiyatdan so’ng Inter Milanni tark etdi. Xabarlarga ko’ra, Al Hilol italiyalik murabiyga mavsumiga 20 million yevrodan ortiq maosh taklif qilgan.

“Italiyalik daho shu yerda,” deya e’lon qildi Saudiya klubi o’zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Inzagi Inter Milan bilan erishgan yutuqlari:

  • O’tgan mavsumda Seriya A chempioni
  • Bu mavsumda Seriya A ikkinchi o’rin
  • 2023 yil Chempionlar ligasi finali
  • Italiya kubogi yarim finali
  • Italiya Super kubogi finali

Inzagi Al Hilol bilan birinchi vazifasi AQShdagi FIFA klublar o’rtasida o’tadigan jahon chempionatida boshlanadi — iyun oyining o’rtalarida Mayamidagi Hard Rok stadionida Real Madrid bilan uchrashadi.

-->