03.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Bruno Fernandesh Saudiya klubi Al Hilolning katta taklifini rad etdi

Bruno Fernandesh Saudiya klubi Al Hilolning katta taklifini rad etdi

ESPN manbalariga ko’ra, Bruno Fernandesh Saudiya Pro-ligasi klubi Al Hilolning jozibali taklifiga qaramay, kelgusi mavsumda Manchester Yunaytedda qoladi.

Saudiya klubi portugaliyalik yarim himoyachini FIFA Klublar jahon chempionati oldidan o’zining asosiy transferi sifatida ko’rib, uni sotib olish uchun 100 million funt sarflashga tayyor edi.

Oilasi bilan maslahatlashgandan so’ng, 2027 yilgacha Old Trafford bilan shartnomasi mavjud bo’lgan Fernandesh Al Hilol bilan muzokaralarni davom ettirishdan voz kechdi. Murabbiy Ruben Amorim ham 30 yoshli futbolchi Yunayteddagi loyihasining markaziy figurasi bo’lishini ta’kidladi.

O’tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda 57 ta o’yinda 19 ta gol urib, ajoyib natija ko’rsatdi. Bu uning boshqa klublarning takliflarini rad etishi birinchi hol emas, o’tgan yozda u Saudiya klublari va Bavariya Myunxenning takliflarini ham rad etgan edi.

-->