03.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

PSJ Chempionlar ligasini qo’lga kiritdi, Al-Xalaifi klublar jahon kubogini nishonga oldi

PSJ Chempionlar ligasini qo’lga kiritdi, Al-Xalaifi klublar jahon kubogini nishonga oldi

Pari Sen-Jermen Allianz Arenada o’tkazilgan Chempionlar ligasi finalida Inter Milanni 5:0 hisobida mag’lub etib, tarixiy g’alabani qo’lga kiritdi.

Ushbu tarixiy g’alaba Fransiya poytaxt klubi 55 yil oldin tashkil etilganidan beri tarixidagi ilk Chempionlar ligasi sovrini bo’ldi.

Luis Enrike jamoasi bu mavsumda to’rtta sovrinni qo’lga kiritdi:

  • Fransiya Ligasi
  • Fransiya Kubogi
  • Fransiya Super Kubogi
  • Chempionlar ligasi

Klub prezidenti Nasr Al-Xalayfi bu yutuq yetarli emasligini ta’kidlab — PSJ endi yil o’rtasida o’tkaziladigan klublar o’rtasida o’tadigan jahon kubogini nishonga olganini ma’lum qildi.

-->