02.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Ikki PSJ yosh iqtidori UCL finalida Kluivertning rekordini yangilashga yaqin keldi

Ikki PSJ yosh iqtidori UCL finalida Kluivertning rekordini yangilashga yaqin keldi

Pari Sen-Jermen Inter Milanni 5:0 hisobida mag’lub etib, o’zining birinchi Chempionlar ligasi titulini qo’lga kiritdi, deya xabar bermoqda Bolasport.com.

PSJning ikki yosh futbolchisi — Desire Due va Senni Mayulu Chempionlar ligasi finalida eng yosh gol muallifli bo’lgan Patrik Kluivert rekordini yangilashga yaqin kelishdi. Patrik 18 yosh 10 oy 23 kunda gol muallifi bo’lgandi. Bu rekord 30 yildan beri saqlanib kelmoqda.

19 yosh 11 oylik Desire Due Inter darvozasiga ikki gol kiritib, raqib himoyasini parchalab tashladi. 19 yosh 14 kunlik Senni Mayulu esa PSJning beshinchi golini urib, o’z ismini tarixga muhrladi.

Besh gol farq bilan erishilgan g’alaba Chempionlar ligasi finallari tarixidagi eng yirik hisobli g’alaba bo’ldi — bu natija PSJning bu mavsumda Yevropa futbolidagi hukmronligini yana bir bor tasdiqladi.

-->