02.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Sietl Sounders o’yinchilari FIFAdan klublar o’rtasida o’tadigan jahon chempionati mukofot pulini adolatli taqsimlashni talab qilmoqda

Sietl Sounders o’yinchilari FIFAdan klublar o’rtasida o’tadigan jahon chempionati mukofot pulini adolatli taqsimlashni talab qilmoqda

MLSPA ma’lumotiga ko’ra, Sietl Sounders o’yinchilari 2021 yilgi Concacaf Champions Cup g’olibi sifatida FIFAga klublar jahon chempionatiga yo’llanma olgan turnir mukofot pulini adolatli taqsimlashni talab qilib norozilik bildirmoqda.

FIFA har bir ishtirokchiga 9,55 million dollar ajratilishini e’lon qildi. O’yinchilar Minnesota Yunayted bilan o’yin oldidan “Club World Cash Grab” va “Fair Share Now” yozuvli futbolkalar kiyib o’z noroziligini bildirdilar.

“FIFA klub va o’yinchilar ishtirokini ta’minlash uchun tarixiy mukofot pulini ajratdi. MLS misli ko’rilmagan moliyaviy foyda oladi, ammo liga o’yinchilarga adolatli ulushni ajratishdan bosh tortmoqda,” deya ta’kidlandi MLSPA bayonotida.

Sietl Sounders Klub jahon chempionatini Botafogo bilan boshlab, B guruhida Atletiko Madrid va Chempionlar Ligasi g’olibi Pari Sen-Jermaen bilan o’ynaydi. Boshqa MLS jamoalari — Inter Mayami va Club Amerikani mag’lub etib yo’llanma olgan LAFC ham turnirda ishtirok etadi.

-->