01.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

Garnacho Manchester Yunayteddan haydalgandan so’ng Chelsiga o’tmoqda

Garnacho Manchester Yunayteddan haydalgandan so’ng Chelsiga o’tmoqda

Alexandro Garnacho 2025 yil yozgi transfer oynasida murabbiy Ruben Amorim tomonidan haydalgandan so’ng. Manchester Yunaytedni tark etib, Chelsiga o’tadi.

20 yoshli qanot futbolchisi va uning murabbiy o’rtasidagi kelishmovchilik 2024-2025 Yevropa Ligasi finalida Tottenhem Hotspur bilan o’yinda boshlandi. Garnacho avvalgi barcha o’yinlarda qatnashganiga qaramay, finalda faqat 20 daqiqa zaxiradan tushdi.

“Finalgacha men jamoaga yordam berib, har bir o’yinda qatnashdim, bugun esa 20 daqiqa o’ynadim, negaligini bilmayman,” dedi Garnacho o’yin so’ngida.

Ushbu izohlar Amorimning g’azabini keltirdi va u Atletiko Madrid akademiyasi bitiruvchisini jamoadoshlari oldida haydadi.

“Sizni qabul qilishga va shartnoma imzolashga tayyor klub topishingiz uchun yaxshisi ibodat qiling,” dedi Amorim.

Sportsmole xabar berishicha, Chelsi Garnachoning keyingi manzili bo’ladi.

-->