01.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

PSG Chempionlar Ligasi finalida Inter Milanni 5:0 hisobida yengib, trebl sohibiga aylandi

PSG Chempionlar Ligasi finalida Inter Milanni 5:0 hisobida yengib, trebl sohibiga aylandi

Pari Sen-Jermen (PSG) Allianz Arenada Inter Milanni 5:0 hisobida mag’lub etib, 2024-2025 yilgi Chempionlar Ligasida g’alaba qozondi.

Yosh futbolchi Desier Dou ikki gol va bir assist bilan ajoyib o’yin namoyish etdi. U shu tariqa o’zini klubning kelajak yulduzi sifatida ko’rsatdi.

PSJ gollari mualliflari:

  • Ashraf Hakimi (13-daqiqa)
  • Desier Dou (21 va 64-daqiqalar)
  • Kvisha Kvaratsxeliya (73-daqiqa)
  • Senni Mayulu (86-daqiqa)

Luis Enrike jamoasi o’yinni boshidan nazorat qildi va Hakimi hisobni ochishidan oldin Markinos va Usmon Dembele orqali bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi.

Inter Milan Genrix Mxitaryan va Markus Tyuram boshi bilan zarbalar orqali imkoniyatlarga ega bo’ldi ammo ularni golga aylantira olmadi.

Ushbu g’alaba PSJning mavsumda Fransiya Chempionati va Fransiya Kubogidan keyin uchinchi trofeysi bo’ldi — shuningdek, klub tarixidagi ilk bor Chempionlar Ligasi g’olibi bo’lmoqda.

-->