31.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Beever-Jones Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi het-trikka erishdi

Beever-Jones Millatlar ligasida Portugaliyaga qarshi het-trikka erishdi

Hujumchi Aggie Beever-Jones Uembli stadionida o’tkazilgan Millatlar ligasida o’yinida Angliya ayollar terma jamoasining Portugaliya ustidan 6:0 hisobidagi g’alabasida het-trik qayd etdi.

“Hozir juda xursandman. Ochig’ini aytsam, hali ham ishonmaypman,” dedi Beever-Jones o’yin so’ngida ITV bilan suhbatda. “Men juda charchadim. Jadal mavsumdan so’ng, menga asosiy tarkibda o’ynash imkoniyati berildi va men jamoaga iloji boricha yordam bermoqchi edim.”

21 yoshli futbolchi Uemblidagi ilk o’yinida atigi 33 daqiqa ichida uch gol urdi va bu ajoyib natija. Bet Mead va Lucy Bronze birinchi taymda gol urdilar, Chloy Kelly esa ikkinchi taymda hisobni yanada oshirdi.

“Birinchi taymda juda samarali o’ynadik, ochig’ini aytsam, ikkinchi taymda o’yin sifati biroz tushib ketdi. Yevropa chempionatigacha buni yaxshilashga harakat qilamiz,” deb qo’shimcha qildi Beever-Jones.

Bu yorqin chiqish Beever-Jonesning Shveytsariyada o’tkaziladigan Yevropa-2025 tarkibiga kirish imkoniyatini oshirdi, ayniqsa Alessia Russo boldir jarohatidan aziyat chekayotgan bir paytda.

-->