30.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Saudiya Arabistoni klublari Premier-liga yulduzlar uchligini nishonga oldi

Saudiya Arabistoni klublari Premier-liga yulduzlar uchligini nishonga oldi

The Telegraph ma’lumotiga ko’ra, Liverpul dueti Luis Dias va Darvin Nunyes, shuningdek Manchester Yunayted kapitani Bruno Fernandesh Saudiya Pro-ligasi klublarining asosiy nishoniga aylandi.

Sobiq Liverpul yarim himoyachisi Sadio Mane to’p surayotgan Al-Nasr Anfildda shartnomasi ikki yil qolgan Diasni o’z safiga qo’shishdan manfaatdor. Kolumbiyalik futbolchi bu mavsumda 50 ta o’yinda 17 ta gol urib, yaxshi natija ko’rsatdi.

Shu bilan birga, Al-Hilol Liverpulda qiyin mavsumni boshdan kechirgan Nunyesni ko’zlayapti — u Premier-ligadagi 30 ta o’yinda atigi 5 ta gol urdi. The Guardian xabar berishicha, Liverpul Bayer Leverkuzenning Florian Virtsi bilan muzokaralar olib bormoqda, bu esa hujumchi futbolchini sotish imkonini beradi.

Daily Mail xabar qilishicha, Fernandeshning agenti Al-Hilol bilan Riyadda muzokaralar o’tkazgan. Ushbu mavsumda 34 ta gol ishtirokchisi bo’lishiga qaramay, Manchester Yunaytedning 15-o’rinni egallashi klubni moliyaviy ahvolini yaxshilash uchun uni sotishga majbur qilishi mumkin.

-->