29.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

36 ta avtomobil klubi Muhammad Ben Sulaymni FIA prezidenti sifatida qo’llab-quvvatlamoqda

36 ta avtomobil klubi Muhammad Ben Sulaymni FIA prezidenti sifatida qo’llab-quvvatlamoqda

Motorsport.com xabar berishicha, Carlos Sainz Srning FIA prezidenti Muhammad Ben Sulayemni almashtirish istagi jiddiy to’siqqa duch keldi. Bunga sabab 36 ta avtomobil klubi hozirgi rahbarga o’z ishonchini bildirgani bo’lmoqda.

Ben Sulaymning rahbarligi bir qator kelishmovchiliklarga sabab bo’lganiga qaramay jumladan, muhim shaxslarning ketishi va haydovchilarning so’kinishini taqiqlash, 63 yoshli amirliklik keng qo’llab-quvvatlanishda davom etmoqda.

“Biz sizga meros bo’lib qolgan moliyaviy tanglikdan to’liq xabardormiz. Birinchi kundan boshlab siz qabul qilgan qat’iy va dadil qarorlar bo’lmaganda, FIAning kelajagi xavf ostida qolgan bo’lardi,” deyiladi qo’llab-quvvatlash xatida.

Xatga imzo chekkanlar orasida Fabiana Esklestoun — FIAning Janubiy Amerika sport bo’yicha vitse-prezidenti va Berni Esklestounning rafiqasi, hamda Karmelo Sanz de Barros — FIA senati prezidenti kabi nufuzli nomlar bor.

Qo’llab-quvvatlovchi klublarning aksariyati Amerika mintaqasidan bo’lib, ular Ben Sulaymning bu yil oxirida bo’lib o’tadigan FIA prezidentlik saylovlari oldidan so’nggi to’rt yil ichida boshlagan islohotlarini davom ettirishini xohlashmoqda.