23.05.2025
O'qish vaqti: 1 min

Luka Modrich Suonsi Sitiga o’tishi mumkin

Luka Modrich Suonsi Sitiga o’tishi mumkin

Luka Modrich Real Madrid bilan 13 yillik hamkorlikdan so’ng ketishini e’lon qildi. Mazkur qaror uning mavsum yakunida shartnomasi tugashi bilan bog’liq.

39 yoshli yarim himoyachi bu mavsumning La Ligadagi so’nggi o’yini va kelasi oydagi Klublar o’rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadi va shundan so’ng Los Blankosni rasman tark etadi.

Qiziq tomoni shundaki, Modrich Angliya Championship klubi Suonsi Sitining minoritar aksiyadorlaridan biri hisoblanadi va endi u jamoaga qo’shilishi mumkinligi haqida gap-so’zlar tarqalmoqda.

Hozirda indoneziyalik futbolchi Nathan Tjoe-A-On to’p surayotgan Suonsi Siti sobiq Tottenham Hotspur o’yinchisi uchun keyingi manzil bo’lishi mumkin. Bu esa kelasi mavsumda ularning birgalikda o’ynash imkoniyatini yaratadi.

-->