30.06.2025
O'qish vaqti: 1 min

37 yoshli Adrian Mannarino “Uimbldon-2025″ning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi

37 yoshli Adrian Mannarino “Uimbldon-2025″ning ikkinchi bosqichiga yo’l oldi

Fransiyalik tennischi, dunyo reytingida 123-o‘rinni egallab turgan Adrian Mannarino “Uimbldon-2025”ning birinchi davra uchrashuvida ATP reytingida 77-o‘rinni egallab turgan avstraliyalik Kristofer O’Konnellni mag‘lub etdi, 6:2, 6:4, 6:3.

Uchrashuv 2 soat 15 daqiqa davom etdi. Bu vaqt ichida Mannarino 15 ta breyk-poyntdan 5 tasini o’z foydasiga hal qildi. Uchta eysni amalga oshirdi va birorta ham qo’sh xato qayd etmadi.

O’Konnell to’rtta breyk-poyntdan birini yutdi, to’rtta qo’sh xato va to’rtta eysni amalga oshirdi.

“Uimbldon”ning navbatdagi bosqichida Adrian Mannarino Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) – Valentin Royer (Fransiya) uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.