08.08.2025
O'qish vaqti: 1 min

22 yoshli Shelton Toronto Masters chempioniga aylandi

22 yoshli Shelton Toronto Masters chempioniga aylandi

22 yoshli amerikalik tennischi Ben Shelton Kanadaning Toronto shahrida bo’lib o’tgan Masters turnirida g’alaba qozondi. Shunday qilib, Ben 21 yil ichida ATP-1000 musobaqalarining eng yosh amerikalik g’olibiga aylandi.

Eslatib o’tamiz, Kanadadagi musobaqa finalida Shelton rossiyalik tennischi Karen Xachanovni uch setda mag’lub etgandi. Uchrashuv 6:7, 6:4, 7:6 hisobida yakunlandi. Bu Sheltonning “Masters”dagi faoliyatidagi birinchi unvonidir.

2004 yilda Mayamidagi turnirda taniqli tennischi, sobiq jahon birinchi raqamli va 2003 yilgi US Open chempioni Endi Roddik g’alaba qozondi. G’alaba qozongan paytda AQShning uy turniridagi vakili 21 yoshda edi.