01.07.2025
O'qish vaqti: 1 min

21 yoshli Mpetchi Perrikar Uimbldon rekordini yangiladi

21 yoshli Mpetchi Perrikar Uimbldon rekordini yangiladi

Uimbldon-2025 turniridagi birinchi davra uchrashuvida dunyoning beshinchi o’yinchisi AQSHlik Teylor Fritsga (5) qarshi bo’yi 203 sm bo’lgan Mpetchi Perrikar soatiga 246 km tezlikda to’pni zarba bilan yo’lladi. Uimbldonda eng tez to’p oshirish bo’yicha avvalgi rekord amerikalik Teylor Dentga tegishli bo’lgan (soatiga 238 km), u buni 2010 yilda o’rnatgan edi, deb xabar beradi ATP Uimbldonga tayanib.

Qizig’i shundaki, Mpetchi Perrikar o’yin boshidayoq Dent rekordini yangiladi – Jovanni soatiga 239 km tezlikda to’p oshirgan. Va o’rtacha hisobda, dastlabki ikki setda fransuzning birinchi zarbasi soatiga 227 km ni tashkil etdi.